Xotirani mustahkamlaydi

Britaniyalik olimlarning sichqonlar ustida o‘tkazgan tajribalarida olmaning xotirani mustahkamlashi aniqlandi. Ularning fikricha, kishi kuniga uch dona olma iste’mol qilsa, istalgan yoshda xotirasi mustahkam bo‘lib, keksalik bilan bog‘liq parishonxotirlikning oldi olinar ekan.

Bundan tashqari, olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini ham kamaytirarkan. Olma tarkibidagi pektin moddasi organizmdan ortiqcha xolesterin chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Kuniga ikki dona olma iste’mol qilish qondagi zararli xolesterin miqdorini o‘rtacha to‘qqiz foizga kamaytiradi. Qolaversa, pektin moddasi qand xastaligi paydo bo‘lishi xavfini ham kamaytiradi.

Olma tarkibidagi antioksidantlar saraton xastaliklariga qarshi yaxshi himoyadir. Biroq buning uchun olmani faqat po‘sti bilan yeyish kerak. Negaki, saratonga qarshilik ko‘rsata oladigan moddalarning aksariyati aynan olma po‘stidadir.