Umrni uzaytiradi

Muntazam ravishda olma iste’mol qiluvchilar olma yemaydiganlarga qaraganda 17 yil uzoqroq yashaydi. Buning boisi olma tarkibidagi katexin polifenolida ekan. Bu modda immunitetni oshirib, qon aylanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi va umuman yurak-qon tomir tizimini yashartiradi. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, kuniga bir donadan olma yeb yurgan kishilarning yurak-qon tomir tizimi olmani xushlamaydiganlarga qaraganda 17 yilga yosh bo‘larkan. Olma tish emalini tozalab, milklarni massaj ham qiladi. Biroq olmada organik kislotalar ko‘pligi bois ular tish emalini yemirishi mumkin. Shu sababli olmani yeb bo‘lgach, og‘izni suvda chaygan yoki saqich chaynagan ma’qul.

Olma qancha nordon bo‘lsa, demak, tarkibida C darmondori shuncha ko‘p bo‘ladi. Agar olmalarni mum qoplagan bo‘lsa, qo‘lingiz yog‘lanadi, shu sababli iste’mol qilishdan oldin ularni yaxshilab yuvish zarur. Agar olma hid taratmasa uzoq saqlangan va shirasini yo‘qotgan bo‘ladi.