Rayhonning shifobaxsh xossalari

Rayhonningshifobaxshxossalari

Rayhonnihaqliravishdaxonakidori-darmonlarmanbaidebatashmumkin. Agar u gultuvakda xonangiz derazasida o‘sayotgan bo‘lsa, infeksiya va turli shamollash kasalliklaridan himoyangiz ta’minlangan deb hisoblash mumkin. Viruslarga, infeksiyalarga va mikroblarga qarshi kurashuvchanlik xossalari tufayli, u tabiiy antibiotik vosita deb tan olingan.

Bu tabiiy shifobaxsh vosita kishi og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan mikroblarning 99 % ini yo‘q qilish xususiyatiga ega. U tishlarda yig‘ilgan tosh, kariesga qarshi kurashchan sinalgan vositadir. Uning qaynatma va damlamasi milklarni ham mustahkamlaydi.

Tarkibidagi foydali va shifobaxsh moddalar sababidan u kishidagi turli bosh og‘riqlarni davolaydi. Bunday bosh og‘rig‘i migrenmi, qon bosimi natijasimi yoki shamollashdan kelib chiqqanmi, buning farqi yo‘q.

Rayhon damlamasi yo‘talni qoldirishda, ayniqsa ko‘kyo‘talda, chiroyli kutilgan natija beradi. Rayhon insonda o‘pka va nafas yo‘llaridagi turli xastaliklarni davolashda ham yaxshi vosita. Undan hatto sil kasalligini davolashda foydalaniladi.

Rayhonda mavjud bo‘lgan shifobaxsh moddalar yomon xolesterinni bartaraf qiluvchi vositadir. Shuning uchun bu o‘simlikni yurak xastaligi bor kishilar uchun ovqat tarkibiga qo‘shish tavsiya etiladi.

Rayhon yordamida buyrakdagi toshlarga qarshi kurashish ham mumkin. Uning tarkibidagi moddalar peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lib, o‘tkazilgan tadqiqotlar buyraklarda paydo bo‘lgan toshlarni eritib yuborishini isbotlagan. O‘simlikning og‘riq qoldirish xossasi buyrak sanchib og‘rishini bartaraf etadi.

Rayhon barglari qaynatib tindirilgan damlamasi gastrit, kolit, meteorizm (qorin dam bo‘lishida) ichiladi va bu yaxshi natija beradi.

U asab tizimini tinchlantiradi, tushkunlikka barham beradi, immun tizimini mustahkamlaydi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar rayhon iste’mol qilish yomon shishlar o‘sishini va OITS rivojlanishini to‘xtatishini ko‘rsatgan.

Bu ajoyib o‘simlik radiasiya ta’siri oqibatlarini davolashda ham qo‘l keladi. Uni muntazam iste’mol qilish, hatto chechakka qarshi vaksina sifatida xizmat qiladi.